Asosiy kontentga o'tish

TA’MIR VA QURILISH / TARGET REKLAMA

Loyihangizga
yangi mijozlar
jalb qiling.

Ta’mirlash biznesi uchun target reklama xizmati Toshkentda va O‘zbekiston bo‘ylab: ta’mirlash, interyer dizayni va qurilish ishlaringizni ta’mir rejalashtirayotgan auditoriyaga ko‘rsatib, obyektni ko‘rish va smeta olishga arizalar jalb qilaman.

Ta’mir, dizayn va uy qurilishi uchun alohida taklif, narx segmenti va reklama kampaniyasi.

Ta’mirlanayotgan xona, bo‘yoq valigi va loyiha chizmasi tasvirlangan ko‘k-oq illustratsiya
TA’MIR VA QURILISH UCHUN

Loyihaga qiziqishdan
smeta olishgacha.

NISHONCHI / ISLOMIDDIN ABDULTOJIYEV
01Ta’mirlash02Interyer dizayni03Uy qurilishi

Bu sohada reklama nega ishlamay qoladi

  • 01Mijoz usta-brigada bilan narxni solishtiradi va arzonini tanlaydi
  • 02Katta obyektlar kam, mayda ishlar ko'p keladi
  • 03Ariza bilan shartnoma orasida uzoq vaqt o'tadi
  • 04Portfolio bor, lekin u reklama sifatida ishlamaydi

Men buni qanday hal qilaman

Umumiy shablon emas — shu soha xaridori qanday qaror qabul qilishiga qurilgan tizim.

  1. 01

    Segmentni aniq belgilash

    Kalit topshirish ta'mir, dizayn-loyiha yoki uy qurilishi — kimga va qaysi narx segmentida sotilishi belgilanadi.

  2. 02

    Smeta yoki bepul chiqish taklifi

    Obyektga bepul chiqish, taxminiy smeta yoki dizayn-loyiha namunasi — birinchi qadam uchun.

  3. 03

    Maydon va byudjet bo'yicha saralash

    Lid formada kvadrat metr va ta'mir bosqichi so'raladi — mayda buyurtmalar saralanadi.

  4. 04

    Portfolioni reklamaga aylantirish

    Tugallangan obyektlar video-sharhga aylanadi va ko'rganlarga retargeting yoqiladi.

Qanday kreativlar ishlaydi

  • Obyekt bo'ylab sayohat: oldin va keyin
  • Ish bosqichlari, muddat va shartnoma kafolati
  • Dizayner yoki prorab bilan qisqa tushuntirish videosi

Hisobotda nimalarni ko'rasiz

  • Ariza narxi
  • Obyektga chiqish narxi
  • Shartnoma narxi
  • ROAS

Hamkorlik shartlari

  • Reklama byudjeti oyiga $1500 dan yuqori
  • O'rtacha chek yuqori — taxminan $200 va undan ko'p yoki LTV yuqori
  • Sotuv bo'limi bor: kamida 2 ta operator, CRM yoki hech bo'lmasa lidlarni yozib boradigan tizim
  • Lidlarga 45 daqiqa ichida javob berish imkoni bor
Barcha shartlar

Ta'mirlash, dizayn va qurilish xizmatlari: ko'p beriladigan savollar

Instagram va Facebook'da yangi uy olgan va ta'mir rejalashtirayotgan auditoriyaga target reklama orqali. Tayyor obyektlar videosi eng kuchli kreativ bo'ladi.

Kreativda segment ko'rsatiladi, lid formada maydon va ta'mir bosqichi so'raladi. Reklama esa operatorlardan qaytgan sifat ma'lumoti bo'yicha optimizatsiya qilinadi.

Arizalar oqimi 14 kun ichida yo'lga qo'yiladi. Bu sohada shartnomagacha vaqt uzoq bo'lgani uchun kamida 3 oylik hamkorlik kerak.

Reklamangizni mijozlarga aylantiramizmi?

Biznesingiz va byudjetingiz haqida qisqacha yozing. Loyihangiz mos kelsa, tahlildan boshlaymiz va mijozlar oqimini 14 kunda yo'lga qo'yamiz.

Telegram:
@nishonchi
Bepul ro‘yxatdan o‘tish →