TA’LIM MARKAZLARI / TARGET REKLAMA
Kurslaringizga
yangi o‘quvchilar
jalb qiling.
O‘quv markazlari uchun target reklama xizmati Toshkentda va O‘zbekiston bo‘ylab: til va dasturlash kurslaringizga qiziqadigan insonlarni Instagram va Telegram orqali topib, sinov darsiga yoziladigan arizalar oqimini quraman.
Oyiga $1500+ reklama byudjeti va sotuv bo‘limi bor o‘quv markazlari uchun.
Bu sohada reklama nega ishlamay qoladi
- 01Mavsum boshida guruhlar to'lmay qoladi, reklama esa kech yoqiladi
- 02Ariza ko'p, lekin sinov darsiga keladiganlar kam
- 03Har bir filial va yo'nalish uchun lid narxi alohida hisoblanmaydi
- 04Operatorlar lidga kech javob beradi va mijoz boshqa markazga ketadi
Men buni qanday hal qilaman
Umumiy shablon emas — shu soha xaridori qanday qaror qabul qilishiga qurilgan tizim.
- 01
Yo'nalishlar bo'yicha ajratish
Ingliz tili, IELTS, dasturlash, bolalar kurslari — har biriga alohida auditoriya, taklif va kampaniya.
- 02
Kuchli kirish taklifi
Bepul sinov darsi, daraja aniqlash testi yoki birinchi oyga chegirma — ariza qoldirishga sabab bo'ladigan taklif.
- 03
Filial bo'yicha geotargeting
Reklama filial atrofidagi hududlarga ko'rsatiladi, chunki o'quvchi uyiga yaqin markazni tanlaydi.
- 04
Lid sifatini nazorat qilish
Lid formaga saralovchi savollar qo'shiladi va operatorlardan qaytgan ma'lumot asosida reklama optimizatsiya qilinadi.
BIZNESINGIZ UCHUN MAXSUS TAKLIF
Xususiy maktab, bog‘cha va o‘quv markazlari uchun
Kelishilgan lid narxiga chiqmasak, keyingi oy bepul xizmat qilib beraman.
Qanday kreativlar ishlaydi
- O'quvchilar natijasi: IELTS ball, ishga kirgan bitiruvchi, oldin-keyin
- O'qituvchi bilan qisqa video: dars qanday o'tadi
- Sinov darsiga taklif va guruh boshlanish sanasi
Hisobotda nimalarni ko'rasiz
- Ariza narxi
- Sinov darsiga kelish foizi
- Shartnoma narxi
- ROAS
Qaysi platformalarda
Hamkorlik shartlari
- Reklama byudjeti oyiga $1500 dan yuqori
- O'rtacha chek yuqori — taxminan $200 va undan ko'p yoki LTV yuqori
- Sotuv bo'limi bor: kamida 2 ta operator, CRM yoki hech bo'lmasa lidlarni yozib boradigan tizim
- Lidlarga 45 daqiqa ichida javob berish imkoni bor
O'quv markazlari, til va dasturlash kurslari: ko'p beriladigan savollar
Asosiy taklifim — 30 kunda oyiga 300+ sifatli ariza. Buning uchun reklama byudjeti oyiga $1500 dan yuqori va sotuv bo'limi bo'lishi kerak. Kelishilgan lid narxiga chiqmasak, keyingi oy bepul xizmat qilaman.
Til kurslari, ota-onalar va maktab o'quvchilari uchun odatda Instagram reklama samaraliroq; dasturlash kurslariga o'quvchi topish va kattalar kurslari uchun Telegram Ads yaxshi qo'shimcha kanal bo'ladi. Aniq taqsimot mediaplanda belgilanadi.
Guruhlar boshlanishidan kamida 2–3 hafta oldin. Dastlabki 14 kunda tahlil, sozlash va testlar o'tadi, shundan keyin oqim barqarorlashadi.
Boshqa sohalar
Stomatologiya va xususiy klinikalar
Konsultatsiya va ko'rikka yoziladigan bemorlar oqimi.
Ko'chmas mulk va quruvchi kompaniyalar
Ofisga tashrif va kvartira ko'rishga tayyor xaridorlar.
Mebel, oshxona va eshik-deraza ishlab chiqarish
Buyurtma asosida ishlaydigan ishlab chiqaruvchilar uchun o'lchovga yoziladigan mijozlar.
Avtosalonlar va avto xizmatlar
Avtosalon, tonirovka, tuning va detailing uchun yozilib keladigan mijozlar.
Ta'mirlash, dizayn va qurilish xizmatlari
Ta'mir, interyer dizayni va qurilish uchun obyektga chiqishga tayyor buyurtmachilar.
Onlayn kurslar va ekspertlar
Avtovoronka orqali sifatli lidlar va kursga yozilish ehtimoli yuqori auditoriya.
Ulgurji savdo va uskunalar (B2B)
Ulgurji xaridorlar, dilerlar va uskuna sotib oluvchi korxonalardan so'rovlar.
Reklamangizni mijozlarga aylantiramizmi?
Biznesingiz va byudjetingiz haqida qisqacha yozing. Loyihangiz mos kelsa, tahlildan boshlaymiz va mijozlar oqimini 14 kunda yo'lga qo'yamiz.
- Telefon:
- +998 90 332 55 33
- Telegram:
- @nishonchi
