Targetolog bilan ishlash shartlari
Reklama byudjeti oyiga $1500 dan yuqori, o'rtacha cheki $200+ va sotuv bo'limi bor, bozorda sinalgan bizneslar bilan Toshkentda va O'zbekiston bo'ylab kamida 3 oy muddatga ishlayman. Bu shartlarsiz reklama puli lidga aylanadi, lekin sotuvga aylanmaydi. Target reklama uchun minimal byudjet reklama platformasiga sarflanadi; targetolog xizmat haqi esa alohida — biznes tahlilidan keyin kelishiladi.
Kimlar bilan ishlayman
- Reklama byudjeti oyiga $1500 dan yuqori
- O'rtacha chek yuqori — taxminan $200 va undan ko'p yoki LTV yuqori
- Sotuv bo'limi bor: kamida 2 ta operator, CRM yoki hech bo'lmasa lidlarni yozib boradigan tizim
- Lidlarga 45 daqiqa ichida javob berish imkoni bor
- Biznes egasi raqamlarini biladi: marja, o'rtacha chek, oylik sotuvlar soni
- Mahsulot bozorda sinalgan — yangi ochilgan, hali sotuvi yo'q biznes emas
- Biznes egasi qarorni o'zi qabul qiladi va kamida 3 oylik hamkorlikka tayyor
Kimlar bilan ishlamayman
Bir haftada natija kutadiganlar
Reklama tizimi tahlil, test va optimizatsiyadan o'tishi kerak. Bir hafta ichida barqaror lid narxiga chiqib bo'lmaydi.
Har bir kreativga o'zi aralashadiganlar
Kreativni did emas, test natijasi tanlaydi. Har bir variant tasdiqlashda turib qolsa, testlar sekinlashadi va byudjet kuyadi.
Reklama byudjeti oyiga $1500 dan kam bo'lganlar
Kichik byudjetda algoritm o'rganishi va A/B testlar uchun yetarli ma'lumot yig'ilmaydi.
Sotuv bo'limi yo'q yoki operatorlari 2 tadan kam bizneslar
Lidga o'z vaqtida javob berilmasa, eng yaxshi reklama ham sotuvga aylanmaydi.
Restoranlar, kafelar, milliy taomlar va mehmonxonalar
Bu sohalarda chek past va qaror tez qabul qilinadi — mening lid va sotuv bo'limiga qurilgan tizimim ularga mos emas.
BIZNESINGIZ UCHUN MAXSUS TAKLIF
Xususiy maktab, bog‘cha va o‘quv markazlari uchun
Kelishilgan lid narxiga chiqmasak, keyingi oy bepul xizmat qilib beraman.
Qaysi sohalar bilan ishlayman
Shartlarga mos kelsangiz, sohangiz bo'yicha yondashuvni ko'ring.
O'quv markazlari, til va dasturlash kurslari
Guruhlarni to'ldirish uchun sinov darsiga yoziladigan sifatli arizalar.
Stomatologiya va xususiy klinikalar
Konsultatsiya va ko'rikka yoziladigan bemorlar oqimi.
Ko'chmas mulk va quruvchi kompaniyalar
Ofisga tashrif va kvartira ko'rishga tayyor xaridorlar.
Mebel, oshxona va eshik-deraza ishlab chiqarish
Buyurtma asosida ishlaydigan ishlab chiqaruvchilar uchun o'lchovga yoziladigan mijozlar.
Avtosalonlar va avto xizmatlar
Avtosalon, tonirovka, tuning va detailing uchun yozilib keladigan mijozlar.
Ta'mirlash, dizayn va qurilish xizmatlari
Ta'mir, interyer dizayni va qurilish uchun obyektga chiqishga tayyor buyurtmachilar.
Onlayn kurslar va ekspertlar
Avtovoronka orqali sifatli lidlar va kursga yozilish ehtimoli yuqori auditoriya.
Ulgurji savdo va uskunalar (B2B)
Ulgurji xaridorlar, dilerlar va uskuna sotib oluvchi korxonalardan so'rovlar.
Shartlarga mos kelasizmi? Yozing
Biznesingiz va byudjetingiz haqida qisqacha yozing. Loyihangiz mos kelsa, tahlildan boshlaymiz va mijozlar oqimini 14 kunda yo'lga qo'yamiz.
- Telefon:
- +998 90 332 55 33
- Telegram:
- @nishonchi