KLINIKALAR / TARGET REKLAMA
Klinikangizga
yangi bemorlar
jalb qiling.
Klinikalar uchun target reklama xizmati Toshkentda va O‘zbekiston bo‘ylab: stomatologiya va xususiy klinikangiz xizmatlariga mos auditoriyani topib, konsultatsiya va birinchi ko‘rikka yozilish uchun arizalar oqimini yo‘lga qo‘yaman.
Oyiga $1500+ reklama byudjeti va arizalar bilan ishlaydigan jamoasi bor klinikalar uchun.
Bu sohada reklama nega ishlamay qoladi
- 01Qimmat xizmatlar (implant, breket, vinir) uchun bemor topish qiyin
- 02Ariza qoldirganlar qabulga kelmaydi
- 03Reklama faqat "narxi qancha" deb so'raydiganlarni olib keladi
- 04Qaysi xizmat reklamasi foyda keltirayotgani noma'lum
Men buni qanday hal qilaman
Umumiy shablon emas — shu soha xaridori qanday qaror qabul qilishiga qurilgan tizim.
- 01
Xizmatlar bo'yicha kampaniyalar
Implantatsiya, ortodontiya, estetik stomatologiya yoki tor mutaxassis qabuli — har biri alohida auditoriya va taklif bilan.
- 02
Birinchi qadam taklifi
Konsultatsiya, diagnostika yoki davolash rejasi — bemor uchun xavfsiz va tushunarli birinchi qadam.
- 03
Ishonch kreativlari
Shifokor, jihozlar va jarayon ko'rsatiladi. Tibbiy reklamada va'da emas, ishonch sotadi.
- 04
Qabulgacha kuzatish
Ariza emas, qabulga kelgan bemor narxi hisoblanadi va reklama shunga qarab optimizatsiya qilinadi.
BIZNESINGIZ UCHUN MAXSUS TAKLIF
Xususiy maktab, bog‘cha va o‘quv markazlari uchun
Kelishilgan lid narxiga chiqmasak, keyingi oy bepul xizmat qilib beraman.
Qanday kreativlar ishlaydi
- Shifokor bilan qisqa video: muammo va yechim
- Klinika ichki ko'rinishi, jihozlar va sterilizatsiya jarayoni
- Bemorlar fikri va davolash bosqichlari
Hisobotda nimalarni ko'rasiz
- Ariza narxi
- Qabulga kelish foizi
- Birinchi tashrif narxi
- ROAS
Qaysi platformalarda
Hamkorlik shartlari
- Reklama byudjeti oyiga $1500 dan yuqori
- O'rtacha chek yuqori — taxminan $200 va undan ko'p yoki LTV yuqori
- Sotuv bo'limi bor: kamida 2 ta operator, CRM yoki hech bo'lmasa lidlarni yozib boradigan tizim
- Lidlarga 45 daqiqa ichida javob berish imkoni bor
Stomatologiya va xususiy klinikalar: ko'p beriladigan savollar
Asosiy taklifim — 30 kunda oyiga 300+ sifatli ariza. Sharti: reklama byudjeti $1500+ va lidlarga javob beradigan administratorlar bo'lishi kerak. Kelishilgan lid narxiga chiqmasak, keyingi oy bepul xizmat qilaman.
Ha, lekin Meta'ning tibbiy reklamaga oid qoidalariga rioya qilish kerak: natijani kafolatlovchi va'dalar hamda ayrim oldin-keyin tasvirlar cheklanadi. Kreativlarni shu qoidalarga moslab tayyorlayman.
Cheki yuqori va marjasi yaxshi xizmatlarni: implantatsiya, breket, vinir, tor mutaxassislar qabuli. Arzon xizmatlar reklama xarajatini qoplamasligi mumkin.
Men oyiga $1500 dan yuqori reklama byudjeti bilan ishlayman — bu reklama platformasiga sarflanadi. Xizmat haqi alohida, klinika tahlilidan keyin kelishiladi.
Boshqa sohalar
O'quv markazlari, til va dasturlash kurslari
Guruhlarni to'ldirish uchun sinov darsiga yoziladigan sifatli arizalar.
Ko'chmas mulk va quruvchi kompaniyalar
Ofisga tashrif va kvartira ko'rishga tayyor xaridorlar.
Mebel, oshxona va eshik-deraza ishlab chiqarish
Buyurtma asosida ishlaydigan ishlab chiqaruvchilar uchun o'lchovga yoziladigan mijozlar.
Avtosalonlar va avto xizmatlar
Avtosalon, tonirovka, tuning va detailing uchun yozilib keladigan mijozlar.
Ta'mirlash, dizayn va qurilish xizmatlari
Ta'mir, interyer dizayni va qurilish uchun obyektga chiqishga tayyor buyurtmachilar.
Onlayn kurslar va ekspertlar
Avtovoronka orqali sifatli lidlar va kursga yozilish ehtimoli yuqori auditoriya.
Ulgurji savdo va uskunalar (B2B)
Ulgurji xaridorlar, dilerlar va uskuna sotib oluvchi korxonalardan so'rovlar.
Reklamangizni mijozlarga aylantiramizmi?
Biznesingiz va byudjetingiz haqida qisqacha yozing. Loyihangiz mos kelsa, tahlildan boshlaymiz va mijozlar oqimini 14 kunda yo'lga qo'yamiz.
- Telefon:
- +998 90 332 55 33
- Telegram:
- @nishonchi
