Maxsus Target Usulim Orqali, Mijozlar Oqimini 14 Kunda Yo‘lga Qo‘yib Beraman
Reklama emas,
mijoz olib
kelaman.
Bepul konsultatsiya
Aniq strategiya.
Maqsadli o‘sish.
- 01 / AUDITORIYASizga mos mijozlar
Biznesingizga qiziqadigan insonlar.
- 02 / KREATIVE’tiborni tortadigan taklif
Auditoriyaga mos matn va vizual.
- 03 / TAHLILO‘lchanadigan natija
Arizalar, lid narxi va ochiq hisobot.
- 04 / PLATFORMAMeta & Telegram Ads
Mijozingiz bor kanallarda reklama.

Islomiddin Abdultojiyev
Nishonchi asoschisi, target reklama mutaxassisi. Instagram, Facebook va Telegram Ads orqali bizneslarga mijozlar oqimini quraman.
- maqsadli sarflangan reklama byudjeti
- $96 000
- target sohasidagi amaliy tajriba
- 1,5 yil
- mijozlar oqimini yo'lga qo'yish muddati
- 14 kun
- oylik reklama byudjeti bo'lgan bizneslar uchun
- $1500+
Xizmatlarimiz
Instagram va Facebook reklamasi
Meta Ads
Mahsulotingiz yoki xizmatingizga qiziqish bildirgan sifatli mijozlar (lidlar) oqimini shakllantirib beraman.Telegram kanallarida reklama
Telegram Ads
Biznesingizga mos kanallarni tanlab, qiziquvchilarni kanalingiz, botingiz yoki saytingizga yo‘naltiraman.Biznesingiz uchun reklama rejasi
Reklama strategiyasi
Natijada mijozlaringiz sifati oshadi.Nishonchi nima?
Target bu — reklamaga pulni to‘g‘ri ishlatish, deb o‘ylayman.
O‘qni o‘ylamay, to‘g‘ri mo‘ljallamay nishonga otsangiz nima bo‘ladi?
Katta ehtimol bilan o‘ylagan natijangizga erisha olmaysiz. Nishonchi deyishimga sabab:
- Target — nishonni aniqlash;
- Kimga gapirayotganingizni bilish;
- Qanday tilda, qanday og‘riqqa, qanday yechim bilan murojaat qilish.
Men reklama bilan hammaga emas — mijozlarni nishonga to‘g‘ri olish bilan, boshqalardan ajralib turishga harakat qilaman.
Shuning uchun nomini “Nishonchi” deb qo‘ydim. Bor gap shu.
Men faqat reklama sozlamayman — kreativdan sotuvgacha bo'lgan butun tizimni quraman va har bir dollar qayerga ketganini ko'rsataman. 1,5 yil ichida mijozlarimga $96 000 reklama byudjetini maqsadli sarflashga yordam berdim.
BIZNESINGIZ UCHUN MAXSUS TAKLIF
Xususiy maktab, bog‘cha va o‘quv markazlari uchun
Kelishilgan lid narxiga chiqmasak, keyingi oy bepul xizmat qilib beraman.
Target yoqishdan oldin nimalar qilaman?
Reklama tugmasini bosish — ishning oxirgi qismi. Undan oldin va keyin sakkizta bosqich bor.
- 01
Tahlil
Biznesingiz, raqobatchilar va maqsadli auditoriyani tahlil qilaman: kim sotib oladi, nima uchun oladi va hozir kimdan olyapti.
- 02
Strategiya va mediaplan
Reklama strategiyasi va mediaplan tuzaman: qaysi platforma, qaysi taklif, qancha byudjet va qanday lid narxi kutilishi oldindan yoziladi.
- 03
Kabinet, Pixel va konversiyalar
Reklama kabinetini sozlayman, Pixel va konversiyalarni ulayman — shunda har bir lid qaysi reklamadan kelgani ko'rinadi.
- 04
Kreativlar
Reklama matnlari va video g'oyalarini tayyorlayman: auditoriya og'rig'iga mos taklif, ssenariy.
- 05
Landing page
Kerak bo'lsa, reklama traffikini lidga aylantiradigan landing page tayyorlayman.
- 06
A/B testlar
Auditoriya, kreativ va takliflarni bir-biriga qarshi sinab, eng arzon va sifatli lid beradigan kombinatsiyani topaman.
- 07
Kunlik monitoring
Kampaniyalarni har kuni kuzataman. Algoritm 4 kun o‘rganganidan keyin optimizatsiya qilaman: ishlamayotgani o‘chadi, ishlayotgani kengayadi.
- 08
Hisobot
Haftalik yoki oylik hisobot beraman: kerakli metrikalar bo‘yicha raqamlarni va har bir dollarning qayerga ketayotganini ko‘rib turasiz.
Qaysi sohalar bilan ishlayman
O'zbekiston bozorida cheki yuqori va sotuv bo'limi bor sakkizta yo'nalish. Har biri uchun alohida yondashuv.

O'quv markazlari, til va dasturlash kurslari
Guruhlarni to'ldirish uchun sinov darsiga yoziladigan sifatli arizalar.
Batafsil
Stomatologiya va xususiy klinikalar
Konsultatsiya va ko'rikka yoziladigan bemorlar oqimi.
Batafsil
Ko'chmas mulk va quruvchi kompaniyalar
Ofisga tashrif va kvartira ko'rishga tayyor xaridorlar.
Batafsil
Mebel, oshxona va eshik-deraza ishlab chiqarish
Buyurtma asosida ishlaydigan ishlab chiqaruvchilar uchun o'lchovga yoziladigan mijozlar.
Batafsil
Avtosalonlar va avto xizmatlar
Avtosalon, tonirovka, tuning va detailing uchun yozilib keladigan mijozlar.
Batafsil
Ta'mirlash, dizayn va qurilish xizmatlari
Ta'mir, interyer dizayni va qurilish uchun obyektga chiqishga tayyor buyurtmachilar.
Batafsil
Onlayn kurslar va ekspertlar
Avtovoronka orqali sifatli lidlar va kursga yozilish ehtimoli yuqori auditoriya.
Batafsil
Ulgurji savdo va uskunalar (B2B)
Ulgurji xaridorlar, dilerlar va uskuna sotib oluvchi korxonalardan so'rovlar.
Batafsil
Islomiddin Abdultojiyev
Targetologman. Sohada 1,5 yildan beri ishlayman va shu vaqt ichida mijozlarimga $96 000 reklama byudjetini maqsadli sarflashga yordam berdim. Marketingni 2020-yildan beri o'rganaman.
To'liq tanishish- 2020Digital Marketing kursiNajot Ta'lim
- 2023Maksimal Marketing kursiXayot Sharapov
- 2025Oflayn Target kursiXayot Sharapov
Portfolio
Men hamkorlik qilgan brendlar va loyihalar.
Oliy ta'limZarmed University
Buxoro va Samarqandda kampuslari bor xususiy universitet. Tibbiyotdan IT va iqtisodgacha 20 ga yaqin yo'nalish.
Telegram Ads natijalari
- Sarflandi
- €9 450
- Lidlar
- 19 496
- Lid narxi
- €0.48
Ko'chmas mulkRefar
Toshkentdagi rieltorlik xizmatlari markazi. Ko'chmas mulk oldi-sotdisida ishonchli va qonuniy hamrohlik qiladi.
Meta Ads natijalari
- Sarflandi
- $3 883
- Lidlar
- 1 718
- Lid narxi
- $2.26
Zapusk loyihasiAssalom Qo'qon
Qo'qondagi Ahlan House turar-joy majmuasi: to'liq ta'mirlangan xonadonlar oyiga 2,2 mln so'mdan 60 oy muddatli to'lov bilan. Reklama Telegram kanaliga va asoschi Ahadjon Igamberdiyevning vebinariga taklif qildi.
Natijalar
- Sarflandi
- €10 500
- Obunalar
- 24 421
- Obuna narxi
- €0.42
Brending agentligiMountain
2019-yildan beri ishlab kelayotgan brending agentligi: neyming, logotip, firma uslubi va qadoq dizayni.
Meta Ads natijalari
- Sarflandi
- $1 759
- Lidlar
- 485
- Lid narxi
- $3.62
Media va akademiyaFikr yetakchilari
Biznes va taraqqiyot haqidagi suhbatlar platformasi. Akademiyasi tadbirkorlar uchun intensiv kurslar o'tkazadi.
Yetakchilar akademiyasi natijalari
- Sarflandi
- $1 540
- Lidlar
- 533
- Lid narxi
- $2.89
Qurilish mahsulotlariEnzo
Qurilish mahsulotlari brendi: shifer, sement, beton, bruschatka va boshqa 10 dan ortiq turdagi mahsulot.
Reklama natijalari
- Sarflandi
- $4 184
- Lidlar
- 2 031
- Lid narxi
- $2.06
MIJOZLAR FIKRI
Biz bilan hamkorlik qilgan mijozlarimizning fikrlari
Hamkorlikdan keyingi video, ovozli va yozma xabarlar.
Mijozimizdan ovozli fikr
Telegram orqali yuborilgan xabar
Ko'p beriladigan savollar
Nishonchi — targetolog Islomiddin Abdultojiyevning shaxsiy brendi. Instagram, Facebook (Meta Ads) va Telegram Ads orqali bizneslarga mijoz olib keladigan reklama tizimini quradi: tahlildan boshlab kreativ, landing page, kunlik optimizatsiya va hisobotgacha.
Ikki yo'nalishda ishlayman: Meta Ads (Instagram va Facebook target reklamasi) va Telegram Ads. Qaysi platforma kerakligini biznes tahlilidan keyin mediaplanda belgilayman.
Oyiga $1500 dan yuqori. Bundan kichik byudjetda A/B testlar va algoritm o'rganishi uchun yetarli ma'lumot yig'ilmaydi, shuning uchun bunday loyihalarni olmayman.
Mijozlar oqimini 14 kun ichida yo'lga qo'yaman: bu vaqtda tahlil, sozlash va birinchi testlar o'tadi. Barqaror lid narxi esa optimizatsiya bilan shakllanadi, shu sababli kamida 3 oylik hamkorlikka tayyor bizneslar bilan ishlayman.
Ha. Xususiy maktab, bog‘cha va o‘quv markazlari uchun 14 kunda 300+ sifatli lidlar bilan ta’minlab beraman. Kelishilgan lid narxiga chiqmasak, keyingi oy bepul xizmat qilib beraman. Sharti — reklama byudjeti $1500+ va sotuv bo'limi bo'lishi kerak.
O'quv markazlari, til va IT kurslari; stomatologiya va xususiy klinikalar; ko'chmas mulk va quruvchi kompaniyalar; buyurtma asosidagi mebel, oshxona va eshik-deraza ishlab chiqarish; avtosalonlar va avto xizmatlar; ta'mirlash, dizayn va qurilish; onlayn kurslar va ekspertlar; B2B ulgurji savdo va uskunalar.
Restoranlar, kafelar, milliy taomlar va mehmonxonalar bilan ishlamayman. Shuningdek byudjeti oyiga $1500 dan kam, sotuv bo'limi yo'q yoki bir haftada natija kutadigan loyihalarni olmayman.
Reklama lid olib keladi, sotuvni esa operator qiladi. Lidga 45 daqiqa ichida javob berilmasa, mijoz soviydi yoki raqobatchiga ketadi. Shuning uchun kamida 2 ta operator va CRM yoki lidlarni yozib boradigan tizim bo'lishini so'rayman.
Reklamangizni mijozlarga aylantiramizmi?
Biznesingiz va byudjetingiz haqida qisqacha yozing. Loyihangiz mos kelsa, tahlildan boshlaymiz va mijozlar oqimini 14 kunda yo'lga qo'yamiz.
- Telefon:
- +998 90 332 55 33
- Telegram:
- @nishonchi