Sohalar bo'yicha target reklama
O'zbekiston bozorida sakkizta soha bilan ishlayman — xizmat ko'rsatish biznesidan ishlab chiqarishgacha. Ularning umumiy jihati — o'rtacha chek yuqori va lidlarni qayta ishlaydigan sotuv bo'limi bor. Biznes turiga mos taklif, kreativ va voronka har bir soha uchun alohida quriladi — o'z sohangizni tanlang.
O'quv markazlari, til va dasturlash kurslari
Guruhlarni to'ldirish uchun sinov darsiga yoziladigan sifatli arizalar.
Stomatologiya va xususiy klinikalar
Konsultatsiya va ko'rikka yoziladigan bemorlar oqimi.
Ko'chmas mulk va quruvchi kompaniyalar
Ofisga tashrif va kvartira ko'rishga tayyor xaridorlar.
Mebel, oshxona va eshik-deraza ishlab chiqarish
Buyurtma asosida ishlaydigan ishlab chiqaruvchilar uchun o'lchovga yoziladigan mijozlar.
Avtosalonlar va avto xizmatlar
Avtosalon, tonirovka, tuning va detailing uchun yozilib keladigan mijozlar.
Ta'mirlash, dizayn va qurilish xizmatlari
Ta'mir, interyer dizayni va qurilish uchun obyektga chiqishga tayyor buyurtmachilar.
Onlayn kurslar va ekspertlar
Avtovoronka orqali sifatli lidlar va kursga yozilish ehtimoli yuqori auditoriya.
Ulgurji savdo va uskunalar (B2B)
Ulgurji xaridorlar, dilerlar va uskuna sotib oluvchi korxonalardan so'rovlar.
Sohangiz ro'yxatda bo'lsa ham, shartlarga qarang
Soha mos kelishi yetarli emas — byudjet, sotuv bo'limi va muddat ham muhim.
Kimlar bilan ishlayman
- Reklama byudjeti oyiga $1500 dan yuqori
- O'rtacha chek yuqori — taxminan $200 va undan ko'p yoki LTV yuqori
- Sotuv bo'limi bor: kamida 2 ta operator, CRM yoki hech bo'lmasa lidlarni yozib boradigan tizim
- Lidlarga 45 daqiqa ichida javob berish imkoni bor
- Biznes egasi raqamlarini biladi: marja, o'rtacha chek, oylik sotuvlar soni
- Mahsulot bozorda sinalgan — yangi ochilgan, hali sotuvi yo'q biznes emas
- Biznes egasi qarorni o'zi qabul qiladi va kamida 3 oylik hamkorlikka tayyor
Kimlar bilan ishlamayman
- Bir haftada natija kutadiganlar
- Har bir kreativga o'zi aralashadiganlar
- Reklama byudjeti oyiga $1500 dan kam bo'lganlar
- Sotuv bo'limi yo'q yoki operatorlari 2 tadan kam bizneslar
- Restoranlar, kafelar, milliy taomlar va mehmonxonalar
Reklamangizni mijozlarga aylantiramizmi?
Biznesingiz va byudjetingiz haqida qisqacha yozing. Loyihangiz mos kelsa, tahlildan boshlaymiz va mijozlar oqimini 14 kunda yo'lga qo'yamiz.
- Telefon:
- +998 90 332 55 33
- Telegram:
- @nishonchi