META ADS / TARGET REKLAMA
Instagram va
Facebook’dan
mijoz jalb qiling.
Instagram target reklama xizmati Toshkentda va O‘zbekiston bo‘ylab: Instagram va Facebook’da auditoriya, taklif va kreativlarni sinab, biznesingizga ariza va yozishmalar olib keladigan reklamani boshqaraman.
Oyiga $1500+ reklama byudjeti va sotuv bo‘limi bor bizneslar uchun.
Instagram target reklama nima?
Target (maqsadli) reklama — Instagram va Facebook'dagi reklama postlari, Stories va Reels'ni yosh, hudud, qiziqish va xulq-atvor bo'yicha tanlangan auditoriyaga ko'rsatish usuli. Reklama Meta Ads Manager kabineti orqali boshqariladi.
Oddiy "Продвигать" tugmasidan farqi — bu yerda maqsad (lid, yozishma, sotuv), auditoriya, joylashuv va byudjet alohida boshqariladi, natija esa Pixel va konversiyalar orqali o'lchanadi.
Qaysi formatlarda ishlayman
Lid forma
Mijoz Instagram'dan chiqmasdan ism va telefonini qoldiradi. Lidlar CRM yoki jadvalga tushadi.
Direct va messenjerga yozishma
Reklama to'g'ridan-to'g'ri yozishmaga olib boradi — operatorlar tez javob bera oladigan bizneslar uchun.
Saytga konversiya
Trafik landing page'ga boradi, Pixel ariza qoldirganlarni qayd etadi va algoritm shunga o'xshash odamlarni topadi.
Retargeting
Sahifangizga kirgan, videoni ko'rgan yoki forma ochib tashlab ketganlarga qayta reklama ko'rsatiladi.
Xizmatga nimalar kiradi
- Biznes, raqobatchilar va auditoriya tahlili
- Reklama strategiyasi va mediaplan
- Instagram reklama sozlash: Meta Ads kabineti, Pixel va konversiyalar
- Reklama matnlari va video g'oyalari
- Kerak bo'lsa landing page
- A/B testlar: auditoriya, kreativ, taklif
- Kunlik monitoring va optimizatsiya
- Haftalik yoki oylik hisobot: lid narxi, CTR, ROAS
Qachon mos keladi
- Mahsulot yoki xizmatni ko'rsatish mumkin: natija, jarayon, oldin-keyin
- Mijoz qaror qabul qilishdan oldin o'ylaydi va solishtiradi
- O'rtacha chek $200 dan yuqori yoki mijoz qayta-qayta xarid qiladi
- Lidlarni 45 daqiqa ichida qayta ishlaydigan sotuv bo'limi bor
Ish qanday bosqichlardan o'tadi
Mijozlar oqimini 14 kun ichida yo'lga qo'yaman, keyin har kuni optimizatsiya qilaman.
- 01
Tahlil
Biznesingiz, raqobatchilar va maqsadli auditoriyani tahlil qilaman: kim sotib oladi, nima uchun oladi va hozir kimdan olyapti.
- 02
Strategiya va mediaplan
Reklama strategiyasi va mediaplan tuzaman: qaysi platforma, qaysi taklif, qancha byudjet va qanday lid narxi kutilishi oldindan yoziladi.
- 03
Kabinet, Pixel va konversiyalar
Reklama kabinetini sozlayman, Pixel va konversiyalarni ulayman — shunda har bir lid qaysi reklamadan kelgani ko'rinadi.
- 04
Kreativlar
Reklama matnlari va video g'oyalarini tayyorlayman: auditoriya og'rig'iga mos taklif, ssenariy.
- 05
Landing page
Kerak bo'lsa, reklama traffikini lidga aylantiradigan landing page tayyorlayman.
- 06
A/B testlar
Auditoriya, kreativ va takliflarni bir-biriga qarshi sinab, eng arzon va sifatli lid beradigan kombinatsiyani topaman.
- 07
Kunlik monitoring
Kampaniyalarni har kuni kuzataman. Algoritm 4 kun o‘rganganidan keyin optimizatsiya qilaman: ishlamayotgani o‘chadi, ishlayotgani kengayadi.
- 08
Hisobot
Haftalik yoki oylik hisobot beraman: kerakli metrikalar bo‘yicha raqamlarni va har bir dollarning qayerga ketayotganini ko‘rib turasiz.
Instagram va Facebook target (Meta Ads): ko'p beriladigan savollar
Men oyiga $1500 dan yuqori reklama byudjeti bilan ishlayman. Shu hajmda bir nechta auditoriya va kreativni parallel sinab, barqaror lid narxiga chiqish mumkin. Bu reklama platformasiga sarflanadigan byudjet; xizmat haqi alohida, biznes tahlilidan keyin kelishiladi.
Ha. Target reklama obunachilar soniga emas, taklif, kreativ va auditoriyaga bog'liq. Lekin sahifa ishonch uyg'otishi kerak: profil, dolzarb postlar va mijozlar fikrlari bo'lgani yaxshi.
Pixel — saytingizga o'rnatiladigan Meta kodi. U ariza qoldirgan odamlarni qayd etadi, shu orqali reklama qaysi kreativdan lid kelganini ko'radi va shunga o'xshash odamlarni topadi.
Uchta asosiy ko'rsatkich bo'yicha: lid narxi, CTR va ROAS. Ular haftalik yoki oylik hisobotda beriladi, shunda reklamaga sarflangan har bir dollar qayerga ketgani ko'rinadi.
Qaysi sohalarda qo'llayman
O'quv markazlari, til va dasturlash kurslari
Guruhlarni to'ldirish uchun sinov darsiga yoziladigan sifatli arizalar.
Stomatologiya va xususiy klinikalar
Konsultatsiya va ko'rikka yoziladigan bemorlar oqimi.
Ko'chmas mulk va quruvchi kompaniyalar
Ofisga tashrif va kvartira ko'rishga tayyor xaridorlar.
Mebel, oshxona va eshik-deraza ishlab chiqarish
Buyurtma asosida ishlaydigan ishlab chiqaruvchilar uchun o'lchovga yoziladigan mijozlar.
Avtosalonlar va avto xizmatlar
Avtosalon, tonirovka, tuning va detailing uchun yozilib keladigan mijozlar.
Ta'mirlash, dizayn va qurilish xizmatlari
Ta'mir, interyer dizayni va qurilish uchun obyektga chiqishga tayyor buyurtmachilar.
Onlayn kurslar va ekspertlar
Avtovoronka orqali sifatli lidlar va kursga yozilish ehtimoli yuqori auditoriya.
Ulgurji savdo va uskunalar (B2B)
Ulgurji xaridorlar, dilerlar va uskuna sotib oluvchi korxonalardan so'rovlar.
Reklamangizni mijozlarga aylantiramizmi?
Biznesingiz va byudjetingiz haqida qisqacha yozing. Loyihangiz mos kelsa, tahlildan boshlaymiz va mijozlar oqimini 14 kunda yo'lga qo'yamiz.
- Telefon:
- +998 90 332 55 33
- Telegram:
- @nishonchi
