Asosiy kontentga o'tish

TELEGRAM ADS / RASMIY REKLAMA

Telegram’da
kerakli auditoriyaga
yetib boring.

Telegram reklama xizmati Toshkentda va O‘zbekiston bo‘ylab: biznesingizga mos kanallarni tanlayman, taklifingizni auditoriyaga yetkazaman va qiziquvchilarni kanal, bot yoki saytingizga yo‘naltiraman.

Oyiga $1500+ reklama byudjeti va sotuv bo‘limi bor bizneslar uchun.

Tabiiy tosh ustidagi ko‘k shisha va metall Telegram belgisi
TELEGRAM ADS

To‘g‘ri kanal.
Kerakli auditoriya.

NISHONCHI / ISLOMIDDIN ABDULTOJIYEV
01Kanallar tahlili02Reklama matni03Kunlik optimizatsiya

Telegram rasmiy reklamasi (Telegram Ads) nima?

Telegram Ads — Telegram'ning o'z reklama kabineti (ads.telegram.org). Reklama ochiq kanallarda postlar orasida qisqa homiylik xabari ko'rinishida chiqadi va foydalanuvchini kanalingizga, botingizga yoki saytingizga olib boradi.

Bu kanal egasidan post sotib olishdan (posev) farq qiladi: bu yerda narx auksion asosida ming ko'rsatish (CPM) uchun belgilanadi, auditoriya esa kanallar mavzusi, aniq kanallar ro'yxati, til va hudud bo'yicha tanlanadi.

Reklama qayerga olib boradi

  • Telegram kanal

    Ekspert yoki brend Telegram kanaliga obunachi jalb qilish — keyin kontent orqali isitib, sotuvga olib kelish uchun.

  • Telegram bot

    Bot ichida ariza qoldirish, test yoki avtovoronka — lid Telegram'dan chiqmasdan yig'iladi.

  • Sayt yoki landing page

    Foydalanuvchi tashqi sahifaga o'tadi va ariza qoldiradi — konversiya alohida o'lchanadi.

  • Aniq kanallar auditoriyasi

    Raqobatchi yoki soha kanallarining o'quvchilariga ko'rsatish — eng issiq auditoriya bilan ishlash usuli.

Xizmatga nimalar kiradi

  • Biznes, raqobatchi kanallar va auditoriya tahlili
  • Reklama strategiyasi va mediaplan
  • Telegram rasmiy reklama kabinetini sozlash
  • Kanallar va mavzular bo'yicha targeting tanlash
  • Qisqa va aniq reklama matnlari
  • A/B testlar: matn, kanal, taklif
  • Kunlik monitoring va optimizatsiya
  • Haftalik yoki oylik hisobot: obunachi va lid narxi, CTR

Qachon mos keladi

  • Auditoriyangiz Telegram'da faol: ta'lim, IT, biznes, ko'chmas mulk, B2B
  • Kanal yoki bot orqali isitadigan avtovoronka bor yoki quriladi
  • Meta Ads'da lid narxi oshib ketdi va qo'shimcha trafik manbai kerak
  • Reklama byudjeti oyiga $1500 dan yuqori
Hamkorlik shartlari

Ish qanday bosqichlardan o'tadi

Mijozlar oqimini 14 kun ichida yo'lga qo'yaman, keyin har kuni optimizatsiya qilaman.

  1. 01

    Tahlil

    Biznesingiz, raqobatchilar va maqsadli auditoriyani tahlil qilaman: kim sotib oladi, nima uchun oladi va hozir kimdan olyapti.

  2. 02

    Strategiya va mediaplan

    Reklama strategiyasi va mediaplan tuzaman: qaysi platforma, qaysi taklif, qancha byudjet va qanday lid narxi kutilishi oldindan yoziladi.

  3. 03

    Kabinet, Pixel va konversiyalar

    Reklama kabinetini sozlayman, Pixel va konversiyalarni ulayman — shunda har bir lid qaysi reklamadan kelgani ko'rinadi.

  4. 04

    Kreativlar

    Reklama matnlari va video g'oyalarini tayyorlayman: auditoriya og'rig'iga mos taklif, ssenariy.

  5. 05

    Landing page

    Kerak bo'lsa, reklama traffikini lidga aylantiradigan landing page tayyorlayman.

  6. 06

    A/B testlar

    Auditoriya, kreativ va takliflarni bir-biriga qarshi sinab, eng arzon va sifatli lid beradigan kombinatsiyani topaman.

  7. 07

    Kunlik monitoring

    Kampaniyalarni har kuni kuzataman. Algoritm 4 kun o‘rganganidan keyin optimizatsiya qilaman: ishlamayotgani o‘chadi, ishlayotgani kengayadi.

  8. 08

    Hisobot

    Haftalik yoki oylik hisobot beraman: kerakli metrikalar bo‘yicha raqamlarni va har bir dollarning qayerga ketayotganini ko‘rib turasiz.

Telegram Ads: ko'p beriladigan savollar

Oddiy reklamada kanal egasiga post uchun pul to'laysiz va natija bitta kanalga bog'liq bo'ladi. Telegram Ads esa rasmiy platforma: reklama ko'plab kanallarda ko'rsatiladi, narx auksion bilan belgilanadi va har bir e'lon bo'yicha statistika ko'rinadi.

Telegram Ads'da narx auksion asosida ming ko'rsatish (CPM) uchun belgilanadi, shuning uchun qat'iy narx yo'q. Men oyiga $1500 dan yuqori reklama byudjeti bilan ishlayman; xizmat haqi alohida, biznes tahlilidan keyin kelishiladi.

Auditoriyasi Telegram'da faol bo'lgan bizneslarga: o'quv markazlari, onlayn kurslar va ekspertlar, ko'chmas mulk, B2B. Oylik reklama byudjeti $1500 dan yuqori bo'lishi kerak.

Reklamani kanallar mavzusi, aniq kanallar ro'yxati, foydalanuvchi qiziqishlari, til va hudud bo'yicha sozlash mumkin. Qaysi kombinatsiya arzon lid berishini A/B test ko'rsatadi.

Ha, ko'p hollarda shunday qilaman. Meta Ads tez lid beradi, Telegram Ads esa kanal va bot orqali auditoriyani isitadi. Byudjet ular o'rtasida mediaplan bo'yicha taqsimlanadi.

Reklamangizni mijozlarga aylantiramizmi?

Biznesingiz va byudjetingiz haqida qisqacha yozing. Loyihangiz mos kelsa, tahlildan boshlaymiz va mijozlar oqimini 14 kunda yo'lga qo'yamiz.

Telegram:
@nishonchi
Bepul ro‘yxatdan o‘tish →